“Jadidlar merosi – millat uyg‘onish yo‘li”
“Jadidlar merosi – millat uyg‘onish yo‘li”
Joriy yilning 28-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Bibliografiya bo‘limi tomonidan Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi jadid ma’rifatparvarlari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga jadidlarning millat taraqqiyoti, ta’lim tizimini isloh qilish haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, bibliografik qo‘llanmalar orqali ularning asarlari, ilmiy merosi hamda ma’naviy qarashlari keng yoritildi.
Ishtirokchilar jadidlar tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganini anglab, ulardan ibrat olish zarurligini ta’kidladilar.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosiga hurmat ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.