,,Jadidlar faoliyatidagi ma'rifatparvarlik''
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 16-umumiy o‘rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda va maktab o'quvchilari ishtirokida ,,Jadidlar faoliyatidagi ma'rifatparvarlik'' mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbir boshida jadidchilarimiz bo‘lgan ,Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Fayzulla Xo‘jaev, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy kabi jadidchilik harakati vakillari, madaniyat arboblari xotirasi yod etib o‘tildi. Shuningdek O'zbekiston xalq yozuvchisi Shukrullo Yusupovning ,,Kafansiz ko‘milganlar‘‘ kitobiga alohida to‘xtalib, kitobxonlarga keng yoritilib berildi.