"Jadid adabiyoti bilimdonlari"
Joriy yilning 12-may sanasida jadid adabiyotining asoschisi ma'rifatchi olim Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi faol kitobxon o'quvchilari ishtirokida "Jadid adabiyoti bilimdonlari" nomli bellashuv tashkil qilindi. O'quvchilar bellashuvda 3 ta shart bo'yicha bellashishdi.Tadbir boshida bibliografiya xizmati xodimi tomonidan adibning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan qo'llanma sharhlab berildi.Shu bilan birga kitobxonlarimiz tomonidan Behbudiy hikmatlaridan so'zlab berishdi.Shundan so'ng bellashuv shartlariga start berildi.Bellashuv qizg'in va murosasiz bo'lib, barcha ishtirokchilar faol qiziqish bilan ishtirok etdi.Tadbirda o'zlarining zukkoligi va topqirligini namoyon qilishdi.
https://t.me/zomin_kutubxona/15825