"Ish faoliyatida tajriba almashish"
Joriy yilning 29 aprel sanasida Jizzax viloyat ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasiga qarashli Zomin tuman ko'zi ojizlar maxsus kutubxona mutaxassislari Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib Abonomentlarga xizmat ko'rsatish xizmati xizmat rahbari G.To'raqulova bilan birgalikda kutubxonadagi ish jarayoni bilan tajriba almashishdi. Zomin tuman kutubxonasida faoliyat yuritayotgan G.To'raqulova kutubxonadagi ish jarayonini o'rgatish hamda tajriba almashish maqsadida Jizzax viloyat ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasiga qarashli Zomin tuman ko'zi ojizlar maxsus kutubxona mutaxassislari bilan birgalikda bir birlari bilan fikr almashishdi. Zomin tuman ko'zi ojizlar maxsus kutubxona mutaxassislari Zomin tuman kutubxonasidagi Abonomentlarga xizmat ko'rsatish bo'limidagi gazeta va jurnallar obunasi, ularni tartib bilan saqlash usuli, uslubiy qo'llanmalar, badiiy adabiyotlar va jahon adabiyotlari kitoblari ko'rib chiqildi va kitobxonlarni kitob o'qishga jalb qilish jarayonlari to'g'risida o'zaro fikr almashildi.