"Ish faoliyatida tajriba almashish"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga xizmat ko'rsatish xizmati xizmat mutaxassislari Z.Azimova hamda X.Mirzayeva tomonidan Zomin tumanidagi 2-son madaniyat markazi kutubxonasida faoliyat yuritayotgan Sodiqova Zubayda opa kutubxonaning ish jarayonini o'rganish hamda tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi. U yerda Zomin TAKM Abonomentlarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari Z.Azimova hamda X.Mirzayeva kutubxonadagi gazeta va jurnallar obunasi, ularni tartib bilan saqlash usuli, badiiy adabiyotlar va darslik adabiyot kitoblari ko'rib chiqildi va kitobxonlarni kitob o'qishga jalb qilish jarayonlari to'g'risida o'zaro fikr almashildi.