"Ish faoliyatida tajriba almashish"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga xizmat ko'rsatish xizmati xizmat mutaxassislari Zomin tumanidagi "Ko'zi ojizlar jamiyati" Jizzax filyali kutubxonasiga tashrif buyurishdi. "Ko'zi ojizlar jamiyati" Jizzax filyali kutubxonasida faoliyat yuritayotgan Zilola Mirzayeva kutubxonadagi ish jarayonini o'rganish hamda tajriba almashish maqsadida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari bilan birgalikda bir birlari bilan fikr almashishdi. U yerda Zomin TAKM Abonomentlarga xizmat ko'rsatish mutaxassislari kutubxonadagi gazeta va jurnallar obunasi, ularni tartib bilan saqlash usuli, uslubiy qo'llanmalar, badiiy adabiyotlar va jahon adabiyotlari kitoblari ko'rib chiqildi va kitobxonlarni kitob o'qishga jalb qilish jarayonlari to'g'risida o'zaro fikr almashildi.