"Ish faoliyatida tajriba almashish".
Joriy yilning 14 mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga xizmat ko'rsatish xizmati xizmat rahbari G.To'raqulova tomonidan Zomin tumanidagi 75-maktab kutubxonasida faoliyat yuritayotgan S.Muxtorovaga kutubxonaning ish jarayonini o'rganish hamda tajriba almashish maqsadida kutubxona haqida ma'lumotlarni berib o'tdi. U yerda Zomin TAKM Abonomentlarga xizmat ko'rsatish xizmati xizmat rahbari G.To'raqulova kutubxonadagi gazeta va jurnallar obunasi, ularni tartib bilan saqlash usuli, badiiy adabiyotlar va darslik adabiyot kitoblarini joylashtirish tartibi hamda ularga qanday ishlov berish haqida 75-maktab kutubxonachisiga tushunchalarni berib o'tdi. Qanday qilib kitobxonlarni kitob o'qishga jalb qilish jarayonlari to'g'risida o'zaro fikr almashildi.