"Ish faoliyatida tajriba almashish"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga xizmat ko'rsatish xizmati xizmat rahbari G.To'raqulova tomonidan Zomin tumanidagi "Zomin" sihatgohining ma'naviyat-ma'rifat bo'limida faoliyat yuritayotgan kutubxonalarni ish jarayonini o'rganish hamda tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdi . U yerda Zomin TAKM Abonomentlarga xizmat ko'rsatish xizmati xizmat rahbari G.To'raqulova kutubxonadagi gazeta va jurnallar obunasi, ularni tartib bilan saqlash usuli, uslubiy qo'llanmalar, badiiy adabiyotlar va jahon adabiyotlari kitoblari ko'rib chiqildi va kitobxonlarni kitob o'qishga jalb qilish jarayonlari to'g'risida o'zaro fikr almashildi.