"Ish faoliyatida tajriba almashish"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari D.Artikova tomonidan Zomin tumanidagi ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kutubxonalarni ish jarayonini o'rganish maqsadida hamda uslub almashish maqsadida 51-maktab kutubxonasiga tashrif buyurildi. U yerda Zomin TAKM xizmat rahbari tomonidan maktabdagi gazeta va jurnallar obunasi, ularni tartib bilan saqlash usuli, maktab o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan uslubiy qo'llanmalar, o'quvchilarining formulyari kitobchalari ko'rib chiqildi va o'zaro fikr almashildi.