Ish faoliyatida tajriba almashish
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonomentlarga xizmat ko'rsatish xizmati xizmat rahbari G.To'raqulova, Axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari D.Artikova tomonidan Zomin tumanidagi ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kutubxonalarni ish jarayonini o'rganish maqsadida hamda uslub almashish maqsadida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumiga tashrif buyurishdi. U yerda Zomin TAKM xizmat rahbarlari tomonidan texnikumdagi gazeta va jurnallar obunasi, ularni tartib bilan saqlash usuli, texnikum o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan uslubiy qo'llanmalar, texnikum talabalarining formulyasi kitobchalari ko'rib chiqildi va o'zaro fikr almashildi.