"Inson xuquqlari - oliy qadriyat".
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
1948 yil, 10 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A (III) ko'rsatmasi orqali qabul qilingan va e'lon qilingan.
Inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari
1-MODDA
Hamma odamlar o’z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo’lib tug’iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo’lishlari kerak.
Joriy yilning 28 sentyabrda Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi binosida axborot-kutubxona Kadrlar inspektori X.Begimquiova tomonidan "Inson xuquqlari - oliy qadriyat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida kutubxona hodimlari hamda "Qayirma" MFYda istiqomat qilayotgan kitobxonlarga Kadrlar inspektori X.Begimquiova inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari haqida ma'umotlarni berib o'tidi. Davra suhbatida qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi.
Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir.
2-MODDA
Har bir inson irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’i nazar ushbu Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquq va barcha erkinlikka ega bo’lishi zarur.
Bundan tashqari, inson mansub bo’lgan mamlakat yoki hududning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro maqomidan, ushbu hudud mustaqilmi, vasiymi, o’z-o’zini idora qiladimi yoki boshqacha tarzda cheklanganligidan qat’i nazar biror bir ayirmachilik bo’lmasligi kerak.
Oʻz navbatida Respublika hududida yashovchi shaxslar Konstitutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur.