“Inson qadri”
#Zomin_tumani
Zominda “Inson qadri” loyihasi va “G‘ayratli keksalar” musobaqasi – Ma’naviyat va sog‘lom turmush uyg‘unligi
Zomin tumani Qo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inida, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida “Inson qadri” ijtimoiy-ma’rifiy loyihasi amalga oshirildi.
Tadbir Zomin tuman hokimligi, “Mahallalar uyushmasi” tuman bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda Qo‘rg‘on MFY mahalla yettiligi faollari hamkorligida tashkil etildi. Loyiha doirasida ustoz-shogird anʼanalariga asoslangan “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazilib, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘lanish va ma’rifiy almashinuv mustahkamlandi.
Tadbirda 180 nafar ishtirokchi qatnashdi va 95 dona kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.