"Inson huquqlari va erkinliklari eng oliy qadriyat"
Joriy yilning 18-dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi tenikumi talabalari bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi. Inson huquqlari bu har bir insonning tug'ilgandan boshlab ega bo'ladigan tabiiy va ajralmas va teng huquqlaridir. Ular millat ,irq, jins, til, din, e'tiqod yoki boshqa farqlardan qat'iy nazar hamma uchun bir xil amal qiladi. Zomin tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxon o'quvchilar ishtirokida "Inson huquqlari va erkinliklari eng oliy qadriyat" deb mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.Tadbir avvalida inson huquqlari haqida bahs munozara tashkil qilinib, qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi. Shu bilan birga inson huquqlari bilimdoni nomli savol-javob o'yinlari ham bo'lib o'tkazildi.Tadbirda 20 nafar kitobxon faol ishtirok etdi.