Inson huquqlari – oliy qadriyati
Inson huquqlari – oliy qadriyati
Joriy yilning 10- iyun sanasida
Zomin tuman axborot kutubxona markazi hodimlari tomonidan
kitobxonlar ishtirokida “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida inson huquqlarining mazmun-mohiyati, fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni himoya qilishning huquqiy asoslari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Suhbat jarayonida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, inson huquqlariga oid savollariga javob oldilar. Shuningdek, mavzuga oid kitoblar va huquqiy adabiyotlar tavsiya etildi.
Tadbir yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonunlarga hurmat va fuqarolik mas'uliyatini shakllantirishga xizmat qildi.