“Inson huquqlari – oliy qadriyat”
“Inson huquqlari – oliy qadriyat”
Joriy yilning 24-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan inson huquqlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda yoshlar, kitobxonlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, inson huquqlari, erkinlik va tenglik masalalari keng muhokama qilindi.
Davra suhbatida har bir insonning huquq va erkinliklari qonun bilan himoyalanishi, jamiyatda adolat va tenglikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilar tomonidan inson huquqlarini hurmat qilish, ayniqsa yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida mavzuga oid kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, ishtirokchilarga foydali va qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Suhbat yakunida faol qatnashgan yoshlar rag‘batlantirilib, bu kabi ma’rifiy tadbirlarning davomiyligi muhim ekani qayd etildi.