"Inson huquqlari bolalar nigohida"
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil qilinayotgan "Inson huquqlari" o'n kunligini tashkil qilish hamda A. Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2023-yil 29-noyabrdagi 02-12/1511-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 5-dekabr kuni 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 12-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda "Inson huquqlari bolalar nigohida" nomli madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini ushbu qutlug‘ sana bilan qutlab, Bosh Qomusimizning davlat va jamiyat hayotidagi dolzarb ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Bolajonlar o'zlari yod olgan she'rlari hamda konstitutsiyamizning moddalardan aytib berishdi.
https://telegra.ph/Inson-huquqlari-bolalar-nigohida-12-05