"Inson baxtli yashashi kerak.."
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan joriy yilning 3 oktyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi o'quv zalida yozuvchi O'ktam Usmonov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan "Inson baxtli yashashi kerak.."mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida yozuvchi Abdusattor Sodiqov O'ktam Usmonovni hayoti va ijodi haqida, bosib o'tgan yo'llari, yozgan asarlari haqida ma'lumotlarni aytib o'tdilar. Davra suhbatida Xalqabod MFYda istiqomat qilayotgan kitobxonlar hamda 60-maktab o'quvchilari faol qatnashishdi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli o'tdi.