"Inson baxtli yashash kerak..".
Komil inson boʼlib yetishish uchun kitobning oʼrni beqiyosdir. Aholi ya yoshlarni kitob bilan ishilashga odatlantirish ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Kitobxonlik yoshlarning maʼnaviy boyligini oshiradi, ularni mehnat va ijodiy yoʼlga boshlaydi. Kitob- hayotning ulugʼvorligini anglab olishga, u haqida mustaqil fikr yuritishga yordam beradi. Joriy yilning 13-sentyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hamda Zomin tumanidagi ijodkor, shoir, yozuvchi Abdusattor Sodiqov yozuvchi O'ktam Usmonov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan "Inson baxtli yashash kerak.." mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida Abdusattor Sodiqov kitobxonlarga yozuvchi O'ktam Usmonovni hayoti va ijodi, bosib o'tgan yo'lari, yozgan asarlari haqida gapirib o'tdi. Davra suhbatida nafaqadagi nuroniy otaxonlar hamda Qayirma mahallasida yashovchi kitobxonlarimizni qiziqtirgan savollariga yozuvchi Abdusattor Sodiqov javob berib o'tdi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo'ldi.