Inson aziz xotira muqaddas
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi hamkorlikda Qo'riqlash bo'limi harbiylari uchun "Inson aziz-xotira muqaddas" shiori ostida harbiylar bilan ma'naviy-ma'rifiy davra suxbati tashkil etildi. Davra suxbati jarayonida siyosiy qatag'on qurbonlari hayot faoliyati haqida, vatanparvar yurt farzandlari uchun bir namuna bo'layotganliklari haqida keng axborot berib o'tildi. Tadbir ishtirokchilari uchun qatag'on qurbonlarining ibratli va ta'sirli hayot yo'li haqida ma'ruza qilindi.