“YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARINI MUTOLAAGA CHORLAYMIZ!”
“YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARINI MUTOLAAGA CHORLAYMIZ!”
Joriy yilning 16-noyabr sanasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida "Şoxruh" nomidagi Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Tafakkur gulshani” kitobxon klubi a’zolari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlarini mutolaaga chorlaymiz” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobning inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilgan asarlar, sevimli adiblari va kitobxonlikning hayotdagi ahamiyati yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Tadbir ko‘tarinki ruhda, qiziqarli munozara va samimiy muloqotlarga boy tarzda o‘tdi. Zero, kitobxon yoshlar — Yangi O‘zbekistonning yorqin kelajagidir!
https://t.me/zomin_kutubxona/28867