“INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi
#Infolib_2026
#kochma_kutubxona_2026
Zomin tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida "Istiqlol" MFY da joylashgan 78-maktabi xodimlari va o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitish maqsadida ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
🗞Mazkur tashabbus orqali kitoblar o‘quvchilar va xodimlarga yanada yaqinlashtirilib, ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish va ma’naviy dunyoqarashini boyitishga alohida e’tibor qaratildi.
https://t.me/zomin_kutubxona/28883