INFOLIB O'ZBEKISTON–2024 ochilishi
2024- yil 25-oktabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "INFOLIB O'ZBEKISTON–2024" XIII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGIning 5-kunida ma'naviy-ma'rifiy, musiqiy haftalik yopilish marosimi tashkil etildi. Kechani Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi Artikova Dildora ochib berdi va haftalik doirasida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy davra suhbatlari, kitob ko'rgazmalari haqida atroflicha to'xtalib o'tdi. Kecha yakunida Zomin kutubxona markazi rahbariyati tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan kitobxonlarga estalik sovg'asi hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.