"INFOLIB O'ZBEKISTON–2023" XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI
2023- yil 27-oktabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "INFOLIB O'ZBEKISTON–2023" XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGIning 5-kunida "Kitob inson tafakkurining qanoti" mavzusida Tafakkur gulshani kitobxonlar klubi a'zolariga davra suhbati òtkazildi. So‘nggi yillarda yurtimizda kitob mutolaasi va targ‘iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, mamlakatimizning barcha hududlarida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
Davra suhbatida mutaxassisimiz X.Mirzayeva insoniyat tamaddunida kitobning tutgan o‘rni, adabiyot va zamon, kitobxonlik madaniyati xususida gapirib òtdi. Allomalarning asarlaridan turli misollar keltirildi. Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi kitobxonlikni yoshlar ongiga singdirish bilan bir qatorda ularning ma’naviyati va salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
https://telegra.ph/INFOLIB-OZBEKISTON2023-XII-MILLIY-AXBOROT-KUTUBXONA-HAFTALIGI-10-27