"INFOLIB O'ZBEKISTON–2023" XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI
2023- yil 23-oktabr kuni Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "INFOLIB O'ZBEKISTON–2023" XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI doirasida faol mahalla va kitobxonlar bilan “Yangi O'zbekiston kutubxonalari-bilim va taraqqiyot maskani” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Suhbat davomida kitobxonlarga kitob va kitobxonlik haqida ma'lumot berildi va kitobxonlar o'zlari o'qigan kitoblari yod olgan she'r, maqollar haqida bir birlari bilan fikr almashishdi. Kitob shunday katta qudratga egaki, insonning ruhiyatini tozalaydi, uni tarbiyalaydi, adolatga chorlaydi, haqiqatni sezish tuygʻusini yuksaltiradi, eshik ortidagi hayotni koʻrishga undaydi. Kitob oʻz mavqeiga qarab qalbni tiriltiruvchi, shuurni uygʻotuvchi, haqiqatni bildiruvchi, insonni tarbiya qiluvchi, jamiyatni poklovchi bir omildir. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli o'tdi.
https://telegra.ph/INFOLIB-OZBEKISTON2023-XII-MILLIY-AXBOROT-KUTUBXONA-HAFTALIGI-10-23-4