"INFOLIB O'ZBEKISTON–2023" XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALI
2023- yil 23-oktabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "INFOLIB O'ZBEKISTON–2023" XII MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGIning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. "INFOLIB O'ZBEKISTON–2023" XII haftaligini Zomin tuman hokimligining Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi rahbari G'.Saydullayev ochib berdi. Haftalik doirasida TAKM kitobxonlari, jamoat va tuman hokimlik tashkilotlar bilan hamkorlikda, soha mutaxassislari va kitobxonlar uchun bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, tanlovlar, “Zakovat” intellectual o’yinlari, kitob taqdimotlari hamda kitob ko‘rgazmalari tashkil etish rejalashtirilgan. "INFOLIB O'ZBEKISTON–2023" XII ochilish marosimi qiziqarli o'tdi.
https://telegra.ph/INFOLIB-OZBEKISTON2023-XII-MILLIY-AXBOROT-KUTUBXONA-HAFTALI-10-23