"INFOLIB O'ZBEKISTON 2022" forum doirasida Zomin tumanida ochilish marosimi.
Jizzax viloyati Zomin tumani Axborot kutubxona markazida 2022–yil 31-oktabr kuni "INFOLIB O'ZBEKISTON–2022" XI Milliy Axborot - kutubxona haftaligi va "Yangi O'zbekistonning intellektual salohiyati-yoshlar qo'lida!" II Yosh kutubxonachilar forumi doirasida haftalik ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Forumni "Sharq tongi" gazetasining bosh muharriri X.Sidiqov ochib berdi. Ochilish marosimi tantanali, qiziqarli, kuy qo'shiqlarga boy tarzda bo'lib o'tdi. Tadbirda Axborot-kutubxona markazi xodimlari o'z kitob ko'rgazmalari bilan faol qatnashishdi.
https://telegra.ph/INFOLIB-OZBEKISTON-2022-forum-doirasida-Zomin-tumanida-ochilish-marosimi-10-31