“INFOLIB-2026” HAFTALIGI DOIRASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL ÖYINI ÖTKAZILDI
“INFOLIB-2026” HAFTALIGI DOIRASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL ÖYINI ÖTKAZILDI
Joriy yilgi “INFOLIB-2026” milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Şohrux nomidagi Zomin tuman axborot-kutubxona markazining “Istiqlol” QFYda joylaşgan filialida yoşlarning bilim salohiyati va tafakkur tezligini sinovdan ötkazuvçi “Zakovat” intellektual öyini kötarinki ruhda taşkil etildi.
Tadbirda 78-umumiy örta ta’lim maktabi öquvçilari faol iştirok etib, jamoaviy hamjihatlik, mantiqiy fikrlaş hamda kitobxonlik madaniyatini namoyon etdilar. Qiziqarli va keskin bahslarga boy keçgan öyin davomida iştirokçilarga tarix, adabiyot, umumiy dunyoqaraş va kutubxona olamiga oid turli mavzularda savollar berildi.
Har bir raund öquvçilar örtasida soğlom raqobat, izlanuvçanlik va tezkor qaror qabul qiliş könikmalarini mustahkamladi. Öyin yakunida eng köp oçko jamğargan va zukkolikda ustun kelgan jamoalar aniqlanib, ğolib hamda faol iştirokçilarga kutubxona ma’muriyati tomonidan esdalik sovğalari va taşakkurnomalar topşirildi.