"Ijodkor- ma’naviy boylik yaratuvchisi".
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublikamizning barcha hududlarida 2023-yilning 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida o`tkazilayotgan III Respublika "Kitobxonlik haftaligi" 2 kunida joriy yilning 11-aprel kuni Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ijodkor- ma’naviy boylik yaratuvchisi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida 75 umumiy o'rta ta'lim maktabining "Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi" Alimov Zoid Alimovich ijodiy targ'ibotchilarga o'zining bosib o'tgan hayot yo'lidagi turli hil muommolarga echim topish har bir insonning o'ziga bog'liq ekanligi haqida keng tushuncha berib o'tdi. Davra suhbatida yosh ijodkorlar o'rtasida savol javoblar qiziqarli tortishuvlar bo'lib o'tdi va bir birlari bilan fikr almashishdi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi.
https://telegra.ph/Ijodkor--manaviy-boylik-yaratuvchisi-04-11-2