“Ijodiy uchrashuv”
Joriy yilning 11-noyabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida axborot-kutubxona bibliografiya xizmati xizmat rahbari H.Mirzayeva tomonidan “Ijodiy uchrashuv” tashkil etildi. Uchrashuvda mehnat faxriysi A.Sodiqov kutubxona hodimlariga o‘zlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Keksalarning tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi. Qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun -mohiyatini yosh avlodga yetkazishda keksa avlod vakillarining alohida o‘rni bor.