“Ijod ranglari” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi
“Ijod ranglari” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi
Joriy yilning 22-aprel sanasida yoshlar o‘rtasida ijodkorlikni rivojlantirish, ularning tasavvurini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ijod ranglari” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyon etib, turli mavzularda rang-barang tasvirlar yaratdilar. Ayniqsa, tabiat manzaralari, osmon va hayot go‘zalligi aks ettirilgan rasmlar barchada katta qiziqish uyg‘otdi.
Ishtirokchilar ijod jarayonida bir-birlariga yordam berib, fikr almashib, o‘zaro tajriba orttirdilar. Bu esa tanlovning yanada qiziqarli va samarali o‘tishiga xizmat qildi.