“I.A.Karimov hayotiga chizgilar” mavzusida kitob ko'rgazma
Joriy yilning 29 - yanvar kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi umumiy o'quv zalida O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov tavvaludining 86 yilligi munosabati bilan “I.A.Karimov hayotiga chizgilar” mavzusida kitob ko'rgazma tashkil etildi. Ko'rgazmada Islom Abdug`anievich Karimovning “Hayotimizning, taraqqiyotimizning haqiqiy asosi, jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi”, “O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari”, “Bosh maqsadimiz-keng ko’lamli isloxatlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish”, “Kamolat” yoshlarimizning chinakam suyanchi va tayanchi bo’lsin, “Inson va uning erkinliklari oliiy qadriyat”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”,”Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli adabiyotlari, albomlari, oynoma, ro’znomalar va bir qancha ma’lumotlar o'rin olgan.