"Huquq bilimdonlari" nomli "Kvest"
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil qilinayotgan "Inson huquqlari" o'n kunligini tashkil qilish hamda A. Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2023-yil 29-noyabrdagi 02-12/1511-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 1-dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalari ishtirokida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan "Huquq bilimdonlari" nomli "Kvest" jamoaviy o'yini tashkilllashtirildi. Ushbu o'yinda "Hamshiralar" jamoasi va "Huquq bilimdonlari" jamoasi bellashishdi. Qomusimiz, inson huquqlari haqidagi bilimlarni o'zida jamlagan qiziqarli savolar mantiqiy masallar topshiriq qilib berildi. X.Begimkulova tomonidan tuzilgan huquqiy savollarga eng ko`p javob bergan "Hamshiralar" jamoasi ushbu o'yinda g'olib bo'ldi. O'yin qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi. Talabalar bilimlarini yana bir bor sinovdan o'tkazib oldilar.
https://telegra.ph/Huquq-bilimdonlari-nomli-Kvest-jamoaviy-oyini-bolib-otdi-12-01-2