"Hayot shamingni so'ndirma"
Joriy yilning 1-dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan "Hayot shamingni so`ndirma" nomli davra suhbati tashkillashtirildi. Ushbu davra suhbatiga Yoshlar markazidagi "Leaders" o'quv markazi o'quvchilari tashrif buyurishdi. OITS haqida nimalarni bilamiz? Kasallik nimasi bilan xavfli? Butun dunyoda va O‘zbekistonda bu kasallik bilan qancha odam kasallangan? Kutubxona mutaxassislari shu kabi savollarga qo'ldan kelgancha javob berishdi. Shundan so`ng o'quvchlar OITS haqida o`z tushunchalarini bildirib, bu kasallik bilan kasallanganda qanday yordam ko`rsatilishi haqida o`z fikrlarini aytishdi. O'quvchilar kutubxona mutaxassislaridan o`zlariga kerakli ma`lumotlar va tavsiyalarni oldilar.
https://telegra.ph/Hayot-shamingni-sondirma-nomli-davra-suhbati-tashkil-etildi-12-01-2