Har sohada hamkormiz
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari X.Mirzayeva va D.Qarshiboyevalar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi tehnikumi Axborot-resurs markaziga uslubiy va amaliy metod almashish uchun tashrif buyurdilar. Uslub almashish og‘zaki, yozma ravishda kutubxona hujjatlarini tayyorlashda, katalog va kartotekalarni yuritishda, kutubxona fondini to‘ldirish va hisobga olish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish, a'zo kitobxon talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularga yuritilayotgan kitobxon formulyari hujjatining tartibi va boshqalar haqida fikr almashildi. Keyingi yillarda ham metod almashish kelishib olindi.