"Harbiy xizmatchilar kutubxonada bir kun"
2025-yil 19-avgust kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Jizzax viloyat 9225-harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida "Harbiy xizmatchilar kutubxonada bir kun" nomli kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilarga kutubxona mutaxassislari tomonidan AKMdagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar kutubxonaning bolalar bo'limi, kitob ko‘rgazmalari, kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.