Har sohada hamkormiz
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati xizmat rahbari S. Muxtorova va mutaxassisi G. Fayzullayevalar tumandagi Axborot-resurs markaziga uslubiy va amaliy metod almashish uchun tashrif buyurdilar. Uslub almashish og‘zaki, yozma ravishda kutubxona hujjatlarini tayyorlashda, katalog va kartotekalarni yuritishda, kutubxona fondini to‘ldirish va hisobga olish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish, a'zo kitobxon talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularga yuritilayotgan kitobxon formulyari hujjatining tartibi va boshqalar haqida fikr almashildi. Keyingi yillarda ham metod almashish kelishib olindi.