"Har kuning Navroʻz boʻlsin jonajon Oʻzbekistonim!".
Har kuning Navroʻz boʻlsin jonajon Oʻzbekistonim!
Jizzax viloyati Zomin tumanida Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruh, xush kayfiyat bilan nishonlandi. Tadbir davomida Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimizni o‘zida mujassam etgan tumandagi korxona va tashkilotlar, muassasa va mahallalar, hunarmandlar tomonidan o‘ziga xos dekorasiyalar va sahnalar tayyorlanib, bayramona, bahoriy tarzda bezatildi.
Ushbu tadbirda Zomin tuman "Zominsoy" ko‘ngil ochar va dam olish majmuasida Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitob va milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tantanali marosimda so‘zga chiqqan tuman hokimi Abdug'aniyev Alisher Muhammadiyevich bayram yangilanish, yasharish ayyomi - Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.
Taniqli san’atkorlari ijrosidagi dilrabo taronalar, , tuman madaniyat bo‘limi va badiiy havaskorlik jamoalarining chiqishlari, go‘zal raqslar tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Zomin tumani "Zominsoy" ko‘ngil ochar va dam olish majmuasida Navro‘z bayrami tantanali tarzda nishonlandi.
https://telegra.ph/Har-kuning-Navro%CA%BBz-bo%CA%BBlsin-jonajon-O%CA%BBzbekistonim-03-20