"Har bir bola huquqi"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hamda "Kinder Garden" nomli NMTT bilan hamkorlikda "Har bir bola huquqi" nomli madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Zomin Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari D.Artikova maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini ushbu qutlug‘ sana bilan qutlab, Bosh Qomusimizning davlat va jamiyat hayotidagi dolzarb ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Bolajonlar o'zlari yod olgan she'rlari hamda konstitutsiyamizning moddalardan aytib berishdi.