"Haftalik yopilish marosimi"
INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi va “Yangi O‘zbekistonning intellektual salohiyati - yoshlar qoʻlida!” II Yosh kutubxonachilar forumi doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi haftalikning 5 kunida ma'naviy-ma'rifiy, musiqiy haftalik yopilish marosimi tashkil etildi. Kechani fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati rahbari F.Sattorova ochib berdi va haftalik doirasida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy davra suhbatlari, kitob ko'rgazmalari haqida atroflicha to'xtalib o'tdi. Kecha yakunida 60- maktabning iqtidorli o'quvchilari va ularning ustozi Sh.Kuboyevga Zomin kutubxona markazi rahbariyati tomonidan estalik sovg'asi hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.