“Gender tenglik-ijtimoiy taraqqiyot garovi”
Joriy yilning 21 avgust sanasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zomin tuman bo’linmasi va Zomin tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Gender tenglik-ijtimoiy taraqqiyot garovi” mavzusida Zomin tumanida istiqomat qilib 2025 yil 6 mart kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ta’sis qilingan “Ma’naviyat fidoiysi” ko’krak nishoni sovrindori Sattorova Anora opaning hayot faoliyati haqida davra suxbati tashkil etildi. Anora opa Sattorova o’z fikrlarida quyidagilarni bayon qildilar.
Zamonaviy huquqiy jamiyatda ayollar nafaqat oilada, balki siyosat, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ko‘plab sohalarda faol ishtirok etmoqda. Bu ayollarga teng huquq va imkoniyatlar yaratib berilishining natijasidir.