Gender tenglik – davr talabi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatlari ustunligini ta’minlash barobarida jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning huquq hamda imkoniyatlarini ustuvor qadriyatlardan biri sifatida himoya qilishga qaratilgan. Bunda, ayniqsa, ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-208-son Farmonining ijrosini ta’minlash hamda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahat kengashini tashkil etish to’g’risidagi 73-son buyrug’i ijrosini ta'minlash ya'ni, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning faolligini oshirish maqsadida 2024-yil 31-may kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan aholi va yosh ayollar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatini Axborot bibliografiya xizmat rahbari D.Artikova hamda AKT xizmat rahbari I.Shodiyevalar olib borib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro hamjamiyat tomonidan mamlakatimizga bu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan ko‘maklar va xorijiy davlatlar amaliyoti tushuntirib berildi.
Shuningdek, davra suhbatida O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari, O‘zbekistan Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan normalarning mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.