"Gender tenglik-asosiy inson huquqlaridan biri" davra suhbati.
Gender strategiyasining asosiy maqsadi — irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini taʼminlashdan iboratdir. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, Sharq qomusiy olimlardan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida tenglik hukm surgan davlatni fozillikka intilgan davlat sifatida qayd etgan bo‘lsa, 1791 yilda Olimpiya De Guj tomonidan tayyorlangan fuqarolik va ayol huquqi deklaratsiyasida ilk bor ayollarning erkin fikrlash va o‘z fikrini bildirish huquqiga ega ekanligi eʼtirof etilgan. So‘nggi yillarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini taʼminlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash bo‘yicha videoselektorda ham bu masalalarga chuqur urg‘u berildi va bu maqsad mamlakatimizning taraqqiyot strategiyasida eng muhim yo‘nalishlardandir. Shu jumladan joriy yilning 10 iyul sanasida"Gender tenglik-asosiy inson huquqlaridan biri
" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida xalq deputatlar kengashi Zomin tuman bo'linma raisi Xujumov Mamatqulov Rahmonqul Xujumovich hamda XDP bilan hamkorlikda gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligi haqida barcha ishtirokchilarga ma'lumotlar berib o'tdilar. Gender – xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihat hisoblanadi. Davra suhbati qiziqarli bo'lib o'tdi.
https://telegra.ph/Gender-tenglik-asosiy-inson-huquqlaridan-biri-davra-suhbati-07-10