Gender tenglik-asosiy inson huquqlaridan biri
Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari oʻrtasida 2025-yil 18-aprel kuni "Gender tenglik-asosiy inson huquqlaridan biri" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar toʻgʻrisida"gi qonun haqida, yurtimizda Gender tenglik boʻyicha komissiyaning ish faoliyati toʻgʻrisida, shu bilan bir qatorda, qabul qilingan qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi va shu kabi bir qancha mavzuga oid muammolar haqida gapirib oʻtildi.