"Gender tenglik-asosiy inson huquqlaridan biri"
Gender strategiyasining asosiy maqsadi — irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini taʼminlashdan iboratdir. Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shu jumladan joriy yilning 12 noyabr sanasida Zomin tuman Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumida "Gender tenglik-asosiy inson huquqlaridan biri" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Gender – xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihat hisoblanadi. Davra suhbati qiziqarli bo'lib o'tdi.