Gender tenglik-asosiy inson huquqlaridan biri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-208-son Farmonining ijrosini ta’minlash hamda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahat kengashini tashkil etish to’g’risidagi 73-son buyrug’i ijrosini ta'minlash ya'ni, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning faolligini oshirish maqsadida 2024-yil 4-iyun kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Zomin tumanida joylashgan "Birlik" MFY idorasida mahallada istiqomat qiluvchi uyushmagan aholiga va yosh ayollar ishtirokida "Gender tenglik-asosiy inson huquqlaridan biri" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatini Axborot bibliografiya xizmat rahbari D.Artikova hamda AKT xizmat rahbari I.Shodiyevalar olib borib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro hamjamiyat tomonidan mamlakatimizga bu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan ko‘maklar va xorijiy davlatlar amaliyoti tushuntirib berildi.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatlari ustunligini ta’minlash barobarida jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning huquq hamda imkoniyatlarini ustuvor qadriyatlardan biri sifatida himoya qilishga qaratilgan. Bunda, ayniqsa, ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
https://telegra.ph/Gender-tenglik-asosiy-inson-huquqlaridan-biri-06-04