Frensis Hojson Byornettning "Kichkina malika" asariga kitob taqdimoti
Joriy yilning 22-avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Leaders" o'quv markazi o'quvchilari ishtirokida Frensis Hojson Byornettning "Kichkina malika" asariga kitob taqdimoti boʻlib o'tdi. Taqdimot davomida ishtirokchilarga "Kichkina malikaʼʼ kitobi yoritilib berilidi, qissa mazmuni, undagi qahramonlar hamda Londondagi Minchim xonim maktabi o'quvchisi, otasini o'limidan so'ng nochorlikka giriftor bo'lgan jajji qizaloq Sara Kryu hayoti haqida hikoya qilindi. ishtirokchilar asar borasida oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Taqdimot so'nggida kitobxonlarga milliy qadiryat, milliy urf odat va milliy liboslar haqida ma'lumotlar berilib o'tildi. Kitob taqdimotda 25 nafar kitobxon ishtirok etdi.