"Fermer va tadbirkor ayollar"
Bugungi kunda O’zbekistonda xotin-qizlarning huquq hamda manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy faolligini oshirish, ishbilarmonlik salohiyatini kuchaytirishga yo’naltirilgan amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Ayniqsa, fermer ayollarning tadbirkorlik harakatini qo’llab-quvvatlash va uni yanada rivojlantirish masalalariga qaratilayotgan alohida e’tibor opa-singillarimiz iqtidorini izchil ro’yobga chiqarishga xizmat qilayapti. Bugun Jizzax viloyati Zomin tuman Markaziy sayilgoh hududida "Fermer va tadbirkor ayollar" forumi tashkil etildi. Forumga 200 dan ziyod tuman xotin-qizlari ishtirok etishdi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi ham kitob ko’rgazmasi bilan faol ishtirok etdi. Forumda badiiy adabiyotlar, o’quv qo’llanmalar hamda horijiy adabiyotlar havola etildi.
Forumga tashrif buyurgan mehmonlar ushbu kitoblarga katta qiziqish bildirib, ko’zdan kechirishdi.