"Ertaklar yaxshilikka yetaklar"
Yoshlarni kitobga bo'lgan qiziqishiga, kitob o'qish va undan foydalanish uchun ulkan imkoniyatlar yaratish maqsadida joriy yilning 5 iyul sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari G.To'raqulova hamda Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi X.Mirzayevalar tomonidan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolajonlarga kutubxonaga sayohat uyushtildi. Sayohat davomida bolajonlarga kutubxona haqida, kutubhonaga qanday a'zo bo'lish, kitoblardan qanday foydalanish haqida ma'lumotlar birib, kutubhonadagi ertak kitoblardan "Vafodor shaxzoda" ertagini o'qib berdilar va bolajonlar o'qib eshitirilgan ertagi haqida taassurotlarini aytib berdilar.