Ertaklar yaxshilikka yetaklar
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida 20-noyabr kuni "Nilufar" nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan ko'chma kutubxona bilan hamkorlikda kelajak yosh avlod vakillarini ma’naviy-madaniy saviyasini rivojlantirib, kitoblar mutolaasiga qiziqtirish maqsadida , “Kitobdan yaxshi do‘st bo'lmas” shiori ostida “Ertaklar- yaxshilikka yetaklar” kitob o'qish soati tashkil etildi. Tadbirda kichkintoy bolajonlar 3-guruhga bo’linib ishtirok etdilar. Ular sevimli multfilm qaxromonlarini rasmini rangli qalamlar asosida bo’yashdi va matematik qo’shuv amalidagi sodda tuzilgan misollarni yechishdi, bolajonlar o’zlari sevib eshitgan ertaklaridagi o’zlariga yoqqan qaxramonlar haqida aytib berdilar. Tadbir so’ngida kutubxonamiz tomonidan bolajonlar uchun qiziqarli va foydali bo’lgan kitoblar sovg’a qilindi.