"Ertaklar yaxshilikka yetaklar"
Yoshlarni kitobga bo'lgan qiziqishiga, kitob o'qish va undan foydalanish uchun ulkan imkoniyatlar yaratish maqsadida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari G.To'raqulova hamda Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi X.Mirzayevalar tomonidan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolajonlarga "Vafodor shaxzoda" ertagini o'qib berdilar va bolajonlar o'qib eshitirilgan ertagi haqida taassurotlarini aytib berdilar.